Xitoylik erkak soqol o‘stirgani uchun 6 yilga qamaldi
Xitoyning Sinszyan-Uyg‘ur muxtor viloyatidagi sudlardan biri mahalliy erkaklardan birini soqol o‘stirishni o‘z ichiga olgan provokasion xatti-harakati uchun 6 yil qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.
Erkak Xitoy qonunchiligida ko‘p marotaba qo‘llaniladigan “janjalga sabab bo‘lish” aybi bilan qamoq jazosiga tortildi. Uning vaziyatida soqol o‘stirishi provokasion xatti-harakat sifatida talqin qilindi. Uning turmush o‘rtog‘i ham paranji taqib yurgani uchun 2 yil ozodlikdan mahrum etildi.
Viloyat hokimiyati Sinszyanda yashovchi uyg‘ur musulmonlarning urf-odatlariga zid ravishda diniy ekstremizmga qarshi kurash olib bormoqda.