Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Erkak soqol o‘stirgani uchun 6 yilga qamaldi
Xitoy sudi uyg‘ur fuqarosini soqol o‘stirgani va bu bilan "nizo qo‘zg‘agani" uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda "South China Morning Post" xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mamlakatning asosan musulmon aholisi yashaydigan Shinjon viloyati Qoshg‘ar shahri sudi 38 yoshli erkak va uning ayolini "adovat qo‘zg‘agani" uchun qamagan. Er soqol qo‘ygani uchun 6 yilga, ayol esa ro‘mol va burqa o‘rab, yuzini berkitgani uchun 2 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 

Juftlik ayblov qo‘yilishidan oldin bir necha marta ogohlantirish olgani, erkak 2010 yildan buyon soqol qo‘yib kelayotgani aytilgan. 

Xitoy rasmiylari soqol o‘stirishni ekstremizmning belgisi ekanligini da’vo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH ma’muriyati Xitoyni Shinjonda inson huquqlarining buzilishi va uyg‘ur genotsidida ayblgandi. Shuningdek, o‘tgan yilning oktyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanidagi gumanitar vaziyat bo‘yicha maxsus yig‘ilish o‘tkazish iltimosini rad etgandi. Bunga ovoz berish jarayonida yig‘ilish o‘tkazishga qarshi tomonlarning soni ko‘proq bo‘lgani sabab bo‘lgan. Qarshi ovoz bergan davlatlar ichida Indoneziya, Qozog‘iston, Pokiston, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston ham bo‘lgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1829 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qamaldi, Erkak, o‘stirgani, Uchun, soqol, 6 yilga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное