Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Erkakning Qoniqishi (oila psixalogiyasi)

Ruhiy qoniqishni erkakka nima beradi? Ayoli! Aloqa davomida erkak ruhan qoniqishi uchun ayolining ozg'in-to'laligi, go'zalligi, kelishganligi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Ayolining jinsiy aloqadan lazzatlana olishi qobiliyatidan erkak ruhiy qoniqadi, o'z erkakligiga, kuchiga ishonch hosil qila oladi. Bu ishonchni bera olmagan ayol eriga ruhiy qoniqishni hech qachon bera olmaydi. Erkak qancha qo'pol, kuchli. jahldor bo'lmasin, agar jinsiy aloqada ojiz bo'lsa, u sinadi. Demakki, jinsiy aloqa erkakka kuch beradi, o'ziga ishonch uyg'otadi. Ayoliga cheksiz lazzat keltira olgan erkakning o'ziga bo'lgan ishonchi esa yanada ortadi. Bu degani ayol eriga ishonch berish uchun lazzatlanishini sun'iy ravishda izhor etish kerak emas albatta, bu bilan u maqsadiga erishmaydi. Ayol haqiqattan eri bilan bo'lgan aloqani sevib qolishi kerak. Bu aloqa u uchun sifatli va yoqimli bo'lishiga eriga ham yordam berishi kerak. Unga nima yoqish yoqmasligi haqida gapira olib, erini kerakli munosabatga unday olishi lozim. Buning natijasida, ayolini o'zidan, aloqadan chinakam lazzatlanayotganini ko'rgan erkak, ruhan qoniqadi. Ruham qoniqmagan erkak aybni o'zida emas, jinsiy aloqada ham emas, munosabatlarda, ayolining ko'rinishida izlay boshlaydi. Insonni hayvondan farqi ongi borligidadir. Hatto jinsiy aloqada ham uning ongi ishtirok etadi. Mana shu ong erkakka jismoniy lazzatlanish yetarli emasligini ko'rsatib turadi.
Yaqinda farzandlik bo'lgan er-xotin orasida birinchi bo'lib jinsiy munosabatlarda salbiy o'zgarish yuz beradi. Ahamiyat bersangiz, ko'pincha bunga sabab ayolda ona bo'lishdan oldingi bo'lgan ehtirosning ancha kamayganligidir. Aynan shu faktor erkakka yoqmaydi. Chunki ayolini jinsiy sovuqqon bo'lib qolganini sezayotgan erkak, ruhan bu munosabatlardan hech qachon qoniqa olmaydi Erkakda jinsiy aloqa jismoniy qoniqish bilan yakunlanishiga qaramay, ba'zi erkaklar aloqa jarayonida ayolining qo'shimcha mahoratini talab qilishi mumkin, bu shunchaki aloqani go'zllashtirish, qiziqarliroq bo'lishi usulidir. Muhimi bu emas, chunki aloqa qanday davom etmasin, uning yakuni erkakning jinsiy munosabatga bo'lgan ehtiyojni butunlay so'ndira oladi. Ya'ni u jismonan to'q bo'ladi. Lekin ruhiy qoniqish bunda sodir bo'lmasligi erkakni odatda asabiy, befarq yoki ayoli va uning ishida ayb qidiradigan qilib qo'yadi. Yonida aloqani sevadigan, undan to'liq lazzatlana oladigan ehtirosli ayolni ko'rayotgan erkakgina u ayol bilan jinsiy munosabatda ruhiy qoniqa oladi.


Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 63791 | Комментарии: 15 | Рейтинг: 5| Рейтинг: oila psixalogiyasi, Erkak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 15
mansurxodja877 Хотин киши фарзанли богандан кейн шу нарсала коб учриди
Like | 0
oktamxu1 maqola yaxwi lekin sr tutiladigan narsalar xam bor menimca
Like | 0
Dilnoz@tuxliyeva Kechirasizu admin lekin bunaqa maqola yowlar bop emas
Like | 0
Doston90 raxmat tarona slarga bu maslaxat xammamiz un foydali
Like | 0
Navruzm Belmadimu tuxiri busa kerak
Like | 0
nemat9495 jasminaxon qarsak ikki qôldan chiqadi
Like | 0
nemat9495 gap yô zôr chiqipti klass
Like | 0
Oydinoy1986 togri erlarimizni bunga tola xaqqi bor
Like | 0
feruz9191 Klass
Like | 0
Erka55 Nega endi qizla biliwi kk a
Like | 0
nikki8885 eee bore cqazmasin cqazma. izohlarimi
Like | 0
nikki8885 taronada xam sinzura
Like | 0
shuhpuh yahwi mazvu bopti buni hamma biliwi kere, ayniqsa qizla!
Like | 0
ESPANIYA-2020 Klass
Like | 0
nikki8885 borkanu muzmunli maqola . Tarona.net omad
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное