Erkaklar qanday ayollarga uylanishni afzal ko‘rishadi?
Ideal ayolga xos 6 fazilat
Baxtli oila bekasi bo‘lish uchun qizlar onalarining, buvilarining maslahatiga amal qilib, ro‘zg‘or ishlarini, ovqat pishirishni o‘rganadi. Ammo yigitlarning qalbini zabt etish uchun bu narsalar kamlik qiladi. Ularni bo‘ydoqlik safidan o‘chirish uchun qanday ijobiy fazilatlarga ega bo‘lish kerakligini “Elle.ru” nashri siz bilano‘rtoqlashadi. 1. Har qanday sharoitda ham baxtli bo‘lish qo‘lidan keladi
Bunday ayol har qanday sharoitda ham, taqdirning ming bir sinoviga bardosh bera oladi, baxtsizlikdan baxt topa oladi. U hech qachon ob-havodan, ro‘zg‘or tashvishlaridan shikoyat qilmaydi, tashvishga tushmaydi. O‘zini xotirjam tutadi. Optimistik kayfiyatini yo‘qotmaydi. Baxtli bo‘lish ham haqiqiy iste’dodni talab qiladi. Bunday qizlar yigitlarni o‘zlariga ohanraboday tortadi. Uning yonida bo‘lgan har qanday yigit o‘zini baxtli his qiladi. 2. Qadrini biladi
Dugonalaridan, qiziqishlaridan voz kechib, butun borlig‘ini sevimli insoniga bag‘ishlagan qiz tezda sevgan yigitining joniga tegadi. Bu narsa avvaliga yigitni quvontirgan bo‘lsa, bora-bora zeriktira boshlaydi. Qiziqishlari, maqsadi bo‘lmagan qizdan tezda ko‘ngli soviydi. 3. Uni hurmat qiladi
Esli-hushli qiz odamlarning oldida sevgan yigitini yerga urib, haqorat qilmaydi. Dugonalariga, onasiga uni yomonlamaydi. Agar u shunchalik yomon odam ekan, shunday yigitga turmushga chiqish shartmi? Uni hurmat qilgan insonni u ham hurmat qiladi. 4. Ilhomlantiradi
Olimlarning tadqiqot jarayonida aniqlashlaricha, erkak kishini tarbiyalab, o‘zgartirishga harakat qilgan ayol emas, balki uni yaxshi tomonga o‘zgarishga ilhomlantirgan ayolgina ideal ayol bo‘la oladi. Bu yerda “tarbiyalash” so‘zini “ilhomlantirish” so‘ziga almashtirish lozim. 5. Oqilona yo‘l tutadi
Aqlli ayollar ikki turga bo‘linadi. Birinchi toifadagi ayollar o‘zining haqligini dalillar bilan isbotlaydi. Bunday ayolning oldida erkak kishi o‘zini ojiz va axmoq deb his qiladi. Ikkinchi toifadagilar esa erkak kishi bilan bahslashganda ustalik bilan janjaldan qochib, yumshoqlik bilan o‘z fikrlariga ishontiradi. Bunday holatda erkaklar qaysi toifadagi ayollarni tanlashini o‘zingiz tushunavering. 6. Sadoqatli bo‘ladi
Gap oila qurish haqida ketar ekan, bu yerda vafo-sadoqatning roli katta bo‘ladi. Ro‘zg‘or tashvishlari har qanday his-tuyg‘uni yemirib yuboradi. Oilani saqlab qolish insondan sabr-toqatni, kechirishni, ishonchni talab qiladi. Oilada janjalli vaziyatlar yuzaga kelganda sadoqat sinovdan o‘tadi. Har qanday vaziyatda o‘zini og‘ir-bosiq tutgan qiz yigitlarning hurmatiga sazovor bo‘ladi.