Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Zerda - Soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Pazanda - Im Loving You
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ishq Ertagi - Title sound
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Erkak kishiga Yuklab bo‘lmaydigan 10 Talab


Erkak va ayol munosabatlar jarayonida bir-biridan ko‘p narsa talab qiladi. Ko‘pchilik nimagadir erkak va ayol o‘rtasida paydo bo‘lgan muhabbatdan keyin o‘zini aniq bir obrazda tutishi lozim deb hisoblaydi. Bunday talablar hamma vaqt ham oqlanmagan, ular ma’lum bir andazaga asoslangan. Ayrim ayollar erkaklar oldiga qo‘yayotgan talablari naqadar bema’ni ekanligi haqida o‘ylab ham ko‘rishmaydi. 

“Marketium.ru” nashri erkaklardan nimani talab qilib bo‘lmasligi haqida sizga quyidagi maslahatlarni beradi.

1. Ta’minlab qo‘yishi shart

Bu ayollarning eng asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Agar siz oila, farzand tarbiyasi bilan band bo‘lsangiz, bu talabni qo‘yish o‘rinli bo‘ladi. Ammo kap-katta, mustaqil ayolni erkak nima uchun ta’minlab qo‘yishi kerak? Nima uchun u qimmatbaho sovg‘alar, buyumlar hadya qilishi, dam olishga yo‘llanma olib berishi kerak? Agar u sizni chin dildan sevsa, bu narsalarni aytmasangiz ham bajaradi. Buni eslatib, hadeb ta’kidlayverish uning jahlini chiqaradi.  

2. Do‘stlari bilan orani ochiq qilsin

Erkakni sizga yoqmaganligi uchun eski oshnalaridan voz kechishga undash ham yaxshi ish emas. Sinalgan do‘stlar qarindoshdan ham yaqin bo‘lib ketadi. Ular bilan aloqani uzish erkak kishiga yomon ta’sir qiladi. U ba’zan yaqin do‘stidan voz kechgandan ko‘ra, muhabbatidan voz kechishni afzal ko‘rib qolishi ham mumkin.

3. Qarindoshlari bilan bordi-keldi qilmasin

Oila – muqaddas dargoh, bu yerda hech qanday talabga o‘rin yo‘q. Oila erkak hayotida muhim o‘rin tutadi. Uning qarindoshlari bilan kelisha olmasangiz, til topisholmasangiz ham  yaqinlari bilan aloqani uzishni talab qilmang, bunga sizning aslo haqqingiz yo‘q! 

4. Siz qiziqqan narsalarga uni ham qiziqishini talab qilish

Agar qiziqishlaringiz, xohish-istaklaringiz bir xil bo‘lsa, bundan quvonmaslikning iloji yo‘q. Ammo turmush o‘rtog‘ingiz siz yoqtirgan narsani yoqtirmasa, masalan serial ko‘rishni, raqs to‘garagiga borishni istamasa uni majburlamang. Axir siz ham u sevib tomosha qiladigan futbolni ko‘rishni istamaysiz, baliq oviga chiqishni ham yoqtirmaysiz ekan, nega uning oldiga bu talabni qo‘yyapsiz? Bir-biringizning qiziqishlaringizni, xohish-istaklaringizni hurmat qilishni o‘rganing. 

5. Shaxsiy va kasbiy qiziqishlaridan voz kechsin

Shaxsiy va kasbiy qiziqishlardan voz kechishni talab qilish nafaqat erkakka, balki ayolga ham yoqmaydi. Uni yoqtirgan ishidan voz kechishni talab qilsangiz jahli chiqib, sizdan ko‘ngli qoladi. Bundan munosabatlaringizga putur yetadi. 

6. Muammolaringizni hal qilishini talab qilmang

Aksariyat ayollar haqiqiy erkak uning o‘rniga eng mayda-chuyda muammolarni ham hal qilishi lozim deb hisoblaydi. Albatta, bir-birini sevadigan, ardoqlaydigan ayol va erkak har qanday sharoitda bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, yordam berishi lozim. Ammo ba’zi bir ayollar buni suiiste’mol qilib, arzimagan narsalar uchun ham erkakni bezovta qilib, o‘zlarini yosh boladan ham ojiz qilib ko‘rsatishadi. Bunday holat ba’zi bir erkaklarga yoqishi mumkin, biroq ba’zilari esa bunday holatdan charchab, ayoldan qochishga harakat qilishadi.

7. Boshqa ayollarga e’tibor bermasin

Ayollar erkaklarning oldiga bu talabni qo‘yayotganda, uning naqadar axmoqona talab ekanligini unutmasliklari lozim. Albatta, boshqa ayollarga nisbatan juda e’tiborli bo‘lsa, tanbeh berib qo‘yishlari mumkin. Ammo go‘zal ayolga qaramaslikning hech ham iloji yo‘q. Inson zoti borki go‘zallikka intiladi, buni to‘g‘ri tushunish lozim, xiyonat, jinoyat deb qabul qilmaslik kerak. 

8. Birinchi bo‘lib, uzr so‘rasin

Ba’zi ayollar urishib qolganda, birinchi qadamni erkaklar tashlab, uzr so‘rashi lozim deb hisoblaydi. Aslida birinchi qadamni kim shunga tayyor bo‘lsa, o‘sha odam tashlashi lozim. Agar munosabatlarga putur yetishini istamasangiz, g‘ururni bir chekkaga surib, uzr so‘rashdan tortinmang. Axir janjalda sizning ham aybingiz bor, qarsaq ikki qo‘ldan chiqadi. Shunday ekan, nima uchun erkak kishi har safar birinchi bo‘lib uzr so‘rashi, yarashish uchun gul ko‘tarib kelishi kerak? 

9. Uni boshqa odamga aylantirish

Ayollar negadir turmushga chiqayotgan odamini to‘ydan keyin o‘zgartirib olishlariga ishonishadi. Ammo bu judayam kam uchraydigan holatdir. Inson faqatgina o‘zining xohishi va irodasi bilangina o‘zgarishi mumkin. Uni o‘zgartiraman deb o‘zingizni qiynamang, vaqtingiz va asabingizni asrang. Uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishga harakat qiling.

10. Erkak bo‘lganligi uchun hamma narsani bajarishni talab qilmang!

Eringiz erkak bo‘lgani uchungina hamma narsani shaxsan bajarishini talab qilish noto‘g‘ri. Ayollar o‘zlari bilmagan holda erlarini avaylab, boshlariga chiqarib olishadi va keyin uni qanday boshidan tushirishni bilmaydilar. O‘zlari istagan talabga javob bermasa, biror qahramonona ish bajarishini talab qilishadi. Bir narsani unutmangki, erkak kishi siz xohlagan ishni, buyrug‘ingizni bajarishga majbur emas. Agar uning qiliqlari, hatti-harakatlari yoqmayotgan bo‘lsa, “ideal erkak”ni qidirib ko‘ring, aslo uning oldiga turli talablarni qo‘ymang.



Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 14572 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: er-xotin, talab, Erkak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
by9698 Erkaklarni ham tushunish kerak
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное