Ismi ma’lum qilinmagan xitoylik tadbirkor Pekin
tashqarisidan yer sotib olib, unga hali vafot etmagan odamlarning ismi yozilgan
qabr toshlarini o‘rnatib chiqdi, deb xabar tarqatdi The Daily Mail.
Ismlari qabr toshlariga bitilgan qo‘shni qishloq aholisi bu
joyni "Yovuz ruhlar yeri”, deb atamoqda.
Qabr toshlari qishloq aholisiga yer dafn uchun sotilishini
bildirib qo‘yish maqsadida o‘rnatildi. Bitta qabrning bahosi 10 ming dollarni
tashkil qiladi. Xabarda ismi qabr toshiga yozilganlar o‘z huquqini talab
qilish-qilmasligi ma’lum qilinmagan.
Mahalliy hukumat vakillarining so‘zlariga qaraganda,
tadbirkor "qabriston” tashkil qilish orqali qonunni buzgan-buzmaganligi
tekshiriladi. Bundan tashqari, u odamlarning ismidan beruxsat foydalanganlik va
firibgarlikda ayblanib, javobgarlikka tortilishi mumkin.
Tadbirkorning mazkur holat bo‘yicha izohlari keltirilmagan.
Manba:daryo.uz