Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoylik homilador ayolning bolasi 17 oydan beri tug‘ilishni istamayapti

Xitoyning Xunan viloyatida yashovchi ayol 17 oydan beri homiladorligi tufayli rekord o‘rnatdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Van Shi 2015 yilning fevral oyida homilador bo‘lgan. Vrachlar noyabr oyida uning farzand ko‘rishini taxmin qilishgan. Ammo ularning taxmini chippakka chiqdi, aytilgan muddat o‘tib ketganiga qaramay, bola hamon tug‘ilishga shoshilmayati.
Bundan xavotirlangan ayol vrachlar huzuriga har 7-10 kunda tekshiruvga borib turgan. Homila 14 oylik bo‘lganda vrachlar uni kesarcha kesish yo‘li orqali dunyoga keltirmoqchi bo‘lishgan, ammo tekshiruv natijalari hali bolaning yaxshi rivojlanmaganligini ko‘rsatgan.
Ayolning turmush o‘rtog‘i 13 oy homilador bo‘lgan ayollar haqida eshitganligini, bunaqa holatga ilk marotaba duch kelganini ma’lum qilgan. Vrachlar ham bu hodisani izohlab berolmagan. Ularning aytishicha, ayolning sog‘ligi joyida, homila 18 oylik bo‘lganda kesarcha kesish operatsiyasi o‘tkazishni rejalashtirishganini bildirgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 10135 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tug‘ilishni istamayapti, bolasi, Xitoylik, 17 oy, homilador ayol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное