Koronavirusga qarshi kurash shtabi vakili Habibulla Oqilovning xabariga ko‘ra, respublika pernital markaziga tug‘ish uchun kelgan homilador ayol koronavirus yuqtirgani aniqlangan. Shu zahoti markaz ikki haftalik karantinga yopib qo‘yildi. Virus yuqtirgan homilador ayol №3 tug‘ruqxonaga o‘tkazildi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda №6 tug‘ruqxona ham karantinga olingandi.