Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Samarqandda mayning ferma ishlatgan tadbirkor ushlandi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida noqonuniy mayning ferma ishlatayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.I.” MCHJ rahbari Sh.H. o‘zboshimchalik bilan o‘zi tomonidan sotib olingan transformatorni o‘rnatib, noqonuniy ravishda 63 dona “Mayner” uskunalari va ikki dona suv nasoslaridan foydalanib kelgani aniqlangan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1212 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tadbirkor, ushlandi, mayning, ferma, Samarqand, ishlatgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное