Avstraliya tibbiyot assotsiatsiyasi (ATA) Klinslend okrugi mamlakatda boks bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazmaslikka chaqirmoqda, deya xabar beradi sports.uz nashri.
– Boks sport turida ikki odam bir-birining boshiga uradi va g‘olib aniqlanadi. Buni vahshiylik deb hisoblaymiz, – deydi ATAning Klinslend okrugi boshlig‘i Shona Radda "Sydney Morning Herald"ga bergan intervyusida. – Shuningdek, bunda organizmning yelka qismidagi bir qancha muhim a’zolariga jiddiy shikast yetadi.
Buni qo‘llab-quvvatlayotganlar mahalliy yengil vaznli bokschi Breydon Smitning filippinlik Vinsent Moraldga qarshi kechgan jangdan ikki kun o‘tib, vafot etganligini asosiy sabab qilib ko‘rsatishmoqda.