Ronaldu 2-marta Eng ko‘p haq oladigan futbolchi sifatida qayd etildi
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ketma-ket ikkinchi yilda ham Forbes nashri versiyasiga ko‘ra eng ko‘p haq oladigan futbolchi sifatida zikr etildi.
2014 yilda portugaliyalik ushbu futbolchi 79 mln dollar ishlab olgan. Bu esa avvalgi yildagiga nisbatan 6 mln dollar ko‘p bo‘ldi. Bu mablag‘ning 52,2 mln dollarlik qismini u jamoadan maosh va mukofot pullari sifatida olgan, qolgan qismi esa reklama shartnomalari orqali kelgan.
Bu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda Lionel Messi nomi qayd etilgan. Uning o‘tgan yildagi daromadi 70,5 mln dollar (48,5 mln dollarlik qismi maosh va bonuslar, 22 mln dollarlik qismi reklama) bo‘ldi. Argentinalik futbolchidan keyingi o‘rinda "PSJ"ning shvesiyalik hujumchisi Zlatan Ibrahimovich 41,8 mln dollarlik ko‘rsatkich bilan uchinchi bo‘lgan. Uning daromadining 35,8 mln dollarlik qismi maosh va bonuslar orqali, 6 mln dollarlik qismi esa reklama orqali olingan.
Quyida bu boradagi kuchli o‘nlik bilan tanishishingiz mumkin.
1. Krishtianu Ronaldu («Real» — 79 mln)
2. Lionel Messi («Barselona» — 70,5 mln)
3. Zlatan Ibrahimovich («PSJ» — 41,8 mln)
4. Garet Beyl («Real» — 34,9 mln)
5. Neymar («Barselona» — 31,7 mln)
6. Radamel Falkao («Manchester Yunayted» — 31 mln)
7. Ueyn Runi («Manchester Yunayted» — 25,8 mln)
8. Xames Rodriges («Real» — 25, 4 mln)
9. Serxio Aguero («Manchester Siti» — 25,3 mln)
10. Luis Suares («Barselona» — 19,9 mln)