Parijda O‘zbek jang san’atini rivojlantirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi tuzilgan. Fransiyaning Moro shahrida jang san’ati festivali doirasida bo‘lib o‘tgan seminarda komissiya tarkibi va mazkur qo‘mita prezidenti saylanishgan.

Parijda 30-xalqaro jang san’atlari festivali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbek jang san’ati federatsiyasi vakillari ishtirok etishdi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar qiladi.
Shuningdek, o‘zbek sportchilari 2013 yilda ham o‘tkazilgan ana shunday festivalda ishtirok etib, o‘zining o‘ta murakkab jang usullari bilan Parij jamoatchiligi ko‘nglidan joy olishgan edi.
Tomoshabinlar va jurnalistlar o‘zbek jang san’atini yuksak baholashdi.
Fransiya vakillari tashabbusi bilan tuzilgan O‘zbek jang san’atini rivojlantirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi mazkur sport turini Yevropa mamlakatlarida ommalashtirishni maqsad qilgan.