FIFA prezidenti Janni Infantino dunyo futbolining ikki yosh superyulduzi bo‘lmish Krishtianu Ronaldu hamda Lionel Messining hatti-harakatlaridan tong qotdi, deb yozmoqda Segodnya nashri.
Ikkala futbolchi ham 24 sentabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimiga kelmaslikka qaror qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi yilning eng yaxshi o‘yinchisi unvoniga da’vogarlar uchligiga ham kirmagan. Ronaldu esa final uchligiga kirgan, ammo mukofot o‘zining sobiq klubdoshi Luka Modrichga nasib etgan.