"Pari Sen-Jermen” klubi 2014-yilning yozida jahon transfer
rekordini yangilash niyatida. U "Barselona” forvardi Lionel Messini 250 million
yevro sotib olishni rejalashtiryapti. Bu haqda Goal.com saytida ma’lumot
berilgan.
Hozirda transfer rekordi "Real”ga tegishli bo‘lib turibdi. U
"Tottenhem” yarim himoyachisi Garet Beylni 100 million yevro evaziga sotib
olgan.
Eslatib
o‘tamiz, Messining o‘zi karyerasini aynan "Newell’s Old Boys” klubida
yakunlashni istashi haqida aytgan. Uni "Barselona” joriy yilda emas,
balki 2015-yil yozida sotishi xususida ham xabarlar chiqqan edi.