Ispaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan "Barselona" hamda "Espanol" klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 5:1 hisobi qayd etilib, mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, o‘yinining 13-daqiqasida Garsiya mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mezbonlar javob golini kiritish maqsadida hujumga zo‘r berishdi. Shunday bo‘lsa-da, "Espanol" taym oxiriga qadar himoyada ishonchli o‘ynab kelayotgan edi. Ammo, baribir Leo Messining mahorati raqib himoyasidan zo‘rroq chiqdi va 45-daqiqaga kelib argentinalik futbolchi muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limning 5-daqiqasida Messining o‘zi Kasilya qo‘rqlayotgan darvozaga ikkinchi golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Pike oradagi farqni oshirdi. 77-daqiqaga kelib, zahiradan maydonga tushgan Pedro hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, nihoyat Messi uchrashuvdagi uchinchi golini kiritdi va yakuniy 5:1 natijasini o‘rnatdi.
Demak, mazkur g‘alaba evaziga “Barsa” 34 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ispaniya chempionati. 14-tur
Barselona – Espanol 5:1 (1:1, 4:0)
Gollar: 0:1 – 13 Garsiya, 1:1 – 45 Messi, 2:1 – 50 Messi, 3:1 – 53 Pike, 4:1 – 77 Pedro, 5:1 – 81 Messi.
Barselona – Bravo, Alves, Buskets (Mate, 84), Pike, Alba, Xavi, Maskerano, Rakitich (Inesta, 65), Neymar, Suares (Pedro, 70), Messi.
Espanol – Kasilya, Fuentes, Arbilya, Gonsales, Bertran (Gonsales, 84), Vaskes, Sanches, Kanyas (Moreno, 60), Sevilya, Garsiya, Kaysedo (Stuani, 71).
Ogohlantirishlar: Sevilya (29), Vaskes (52), Gonsales (69), Arbilya (79).
Manba: www.uff.uz
|