Messi qaerga ketishi mumkin? Eng yaqin variant – «Yuventus»
Lionel Messi «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqidagi gaplar tobora ko‘paymoqda. Ispan nashrlarining yozishicha, Messi mavsum yakunida klubdan ketishga qaror qilgan. Bukmekerlar allaqachon Messi qaysi jamoaga ketishi mumkinligi haqida stavka qabul qilishni boshladi. Messining jamoada qolishiga tabiiyki past koeffisient qo‘yilgan. Uning faoliyatini «Barselona»da yakunlashi haqida esa alohida stavka belgilangan. Ba’zi bukmekerlik idoralarida Messining jamoadan ketishiga 2,25 koeffisient dov belgilangan va bu juda jiddiy ko‘rsatkich. Shuningdek, Messi «Barselona»dan ketsa, qaerga o‘tishi mumkinligi borasida alohida stavkalar ham mavjud. Ular orasida «Yuventus» va «Manchester Siti»ning imkoniyatlari nisbatan yuqori baholangan (8,00 koeffisent). Ro‘yxatda «PSJ» (10,00), «MYu» (20,00), «Inter» (30,00), Argentina klubi (50,00), Xitoy klubi (50,00), MLS klubi (50,00) va «Real» (100,00) variantlari ham bor.