«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 2020/21 yilgi mavsumda ham klubda qolishga qaror qildi. Bu haqda Marca nashri xabar qilmoqda. Argentinalik futbolchi otasi va o‘zining qonuniy vakillari bilan kechgan uzoq muhokamalardan keyin avvalgi talablarini o‘zgartirgan. Yana u Neymarning misolini esga olib "Barselona"dan mojaro bilan ketishni istamasligini aytdi. Endi Messi klubni sudga bermoqchi emas, u ketish uchun bunday harakat qilishi haddan oshiq chora deb hisoblagan, shu tufayli endi «Barselona»da 2021 yozigacha, balki undan keyin ham qolishi mumkin.