Rossiya poytaxtida “Hizbut-Tahrir” terrorchilik tashkilotining 7 a’zosi ushlangan, shundan 6 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.
Gumonlanuvchilarning bir nafari rossiyalik
Ularning bir nafari Rossiya fuqarosi bo‘lib, gumondorlar terrorchilik tashkilotida qatnashganlikda ayblanmoqda.
Ular qamoqqa olingan
Sud vakili Yuliya Kotominaning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek millatiga mansub Mamadaliyev Ma’rifjon, Kimsanov Farhodjon, Sultonov Iqboljon, To‘xtasinov Ikromiddin, Xoldorov G‘ulomjon, Xolmatov Azizbek va Malikov Ma’rufjonga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hukm fevralda chiqariladi
Ularga Moskvadagi Meshchan sudi 2020-yil 2-fevralgacha hukm chiqarishi aytilgan.
FSB ilgari Moskva va Chelyabinskda ikki rahbar va “Hizbut-Tahrirning yetti a’zosi hibsga olingani haqida xabar bergan.