O‘zbekiston avtomobillarini asosan qaysi davlatlar sotib olmoqda?
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:
• Qozog‘iston – 26 776 ta
• Ukraina – 568 ta
• Rossiya – 400 ta
• Ozarbayjon – 141 ta
• Afg‘oniston – 128 ta
• Tojikiston – 72 ta
• Qirg‘iziston – 30 ta.
Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar:
• Xitoy – 6 307 ta
• Koreya – 5 112 ta
• Rossiya – 3 718 ta
• Qozog‘iston – 3 487 ta
• Polsha – 1 204 ta
• AQSH – 453 ta
• Litva – 427 ta
• Tailand – 250 ta
• Germaniya – 99 ta
• Yaponiya – 77 ta
• Turkiya – 25 ta.