Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Tanho malagim - Soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Choli Qushi-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

18+. O‘zbekistonliklar OITSni asosan qaysi yo‘l bilan yuqtirib olayotgani aytildi


O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-oktyabr oyida orttirilgan immunitet tanqisligi virusi (OITS)ga chalinganlarning 74 foizi ushbu kasallikni himoyalanmagan jinsiy aloqa yo‘li orqali yuqtirib olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Ma’lumki, har yili 1 dekabr sanasi an’anaviy ravishda “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi.

OIV infeksiyasi hozirgi kunning global muammolaridan biri sanaladi. Kasallik epidemiyasi boshlangandan buyon dunyoda 75 milliondan ortiq odam ushbu infeksiya bilan xastalangan. 

Qayd etilishicha, infeksiya 75 foizdan ortiq holatlarda 25-49 yoshli kishilar o‘rtasida uchramoqda. 

So‘nggi yillarda butun dunyoda OITSning jinsiy yo‘l bilan yuqish darajasi ortgan. Bu holat O‘zbekistonda ham kuzatilib, 2021 yilning 10 oyi davomida ro‘yxatga olingan bemorlarning 74 foizdan ortig‘iga xastalik shu yo‘l bilan yuqqani gumon qilingan.

“Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi tomonidan oxirgi yillarda barcha yo‘nalishlarida sezilarli natijalarga erishilmoqda. 2019-2020 yillarda Respublikamizning 2 ta yirik shahri — Toshkent va Samarqand OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va aholi sog‘lig‘ini yaxshilash to‘g‘risidagi “Parij deklaratsiyasi” deb nomlanadigan butunjahon tashabbusiga qo‘shildi.

OIV aniqlangan shaxslarni davolashning dunyoda tan olingan usuli — retrovirusga qarshi davolash usuli bo‘lib, yurtimizda bemorlarning 75 foizdan ortig‘i ushbu davolash usuli bilan qamrab olingan. JSSTning “OIV aniqlanishi bilan davolashni boshlash zarur” degan tavsiyalari asosida bugungi kunda me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda”, deyiladi SSV xabarida. 

Ta’kidlanishicha, joriy yilda O‘zbekistonga qaytgan 158 ming 448 nafar mehnat muhojirlarining 80 foizga yaqinida OIV tekshiruvlari o‘tkazilib, infeksiya aniqlangan holatlarda dispanser nazoratiga olingan. 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1660 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yuqtirib, olayotgani, 18+, O‘zbekistonliklar, yo‘l, asosan, OITS, aytildi, bilan, Qaysi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное