Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

O‘zbekistonda avtomobil aslida va mish-mishlarga ko‘ra qancha turadi?

Oxirgi paytlarda omma orasida O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi avtomobillar narxi keskin tushib ketgani haqida mish-mishlar yuribdi. “Simsiz telegraf”ning ma’lum qilishicha, hozirda hamma mashinalar dollarga sotilib, “Matiz”ga narxlar 2-3 mingga tushib ketgani aytilmoqda. Emishki, ularni hattoki foizsiz kreditga ham sotib olish mumkin.
Albatta, bu mish-mishlar sal mubolag‘aga o‘xshab ketmoqda va 12news.uz nashri muxbiri buning qanchalik rost yoki yolg‘on ekanligini tekshirib ko‘rishga qaror qildi
Shu maqsadda muxbir Toshkentning Janubiy vokzali yaqinida joylashgan “Toshkent DEU sentr” avtosaloniga yo‘l oldi.
"Ish kunining qizg‘in pallasi bo‘lishiga qaramay, salonda xaridorlar deyarli yo‘q edi va bu holatning o‘ziyoq bu yerda “past” narxlarning hattoki isi ham kelmayotganidan darak berardi. Aks holda bu yerda kilometrlarga cho‘zilgan turnaqator navbatlar yuzaga kelgan bo‘lar edi. “Damas”lar pozisiyasiga ko‘ra 26-28 mln so‘mdan taklif qilinmoqda va ularni so‘mga sotib olish mumkin.
Xaridorgir “Matiz”ning arzon modellari 14,5-16,5 mln so‘mdan sotilmoqda, biroq ularni faqatgina dollarga sotib olish mumkin. Avtosalonning muloyim xodimlari “Matiz”ning eng arzon modelini tezda dollarga o‘tkazib berdilar va uning narxi 6300 dollarni tashkil qildi. Bunda xodimlar narxni chiqarishda AQSh dollarini davlat kursiga chaqishdi. Juda “dono” va ayyor usul! Biroq ayirboshlash shoxobchalari yurtimizda bir necha yildan beri bartaraf etilgan. Demakki, “Matiz” sotib olmoqchi bo‘lgan xaridor “qora bozor”dagi dollarfurushlardan qonunga xilof ravishda 6300 dollarni hozirgi bozor kursida kamida 31 mln so‘mga sotib olishga majbur bo‘ladi. Vo-ajabo, axir bu qiymat davlat o‘rnatgan narxdan deyarli ikki barobar ko‘proqni tashkil qilmoqda-ku. “Kimdir buni arzon narx desa, men tarafga tosh ota qolsin”, deb yozadi muxbir.
"20 yil avval O‘zbekistonda Prezidentning respublika hududida yagona to‘lov vositasi so‘m ekanligini tasdiqlovchi qarori chiqqan. Hozircha hech kim uni bekor qilmagan shekilli. Shunday ekan, nima uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar boshqa davlatning valyutasiga sotilmoqda?! Axir bu umuman mantiqqa zid narsa-ku. Natijada yengil avtomobillarning eng ommabop va arzon modellari odamlar uchun qog‘ozda yozilganidek uncha ham arzonga tushmayapti. Yaxshiyamki, bunday holatlar ko‘p emas. Dollarga faqatgina “Matiz”ning 5ta modeli va “Neksiya”ning 4ta modeli sotilmoqda. Qolgan barcha avtomobillar, jumladan “Kobalt”, “Lasetti”, “Malibu” va boshqa modellar o‘zimizning so‘mlarga sotilmoqda va bu holat albatta kishini quvontiradi.
Mashinalarning kreditga sotib olinishi haqidagi mish-mishlar ham o‘z isbotini topmadi. Muxbirning aytishicha, uning “bunday imkoniyat boshqa salonda bor-yo‘qligi” haqidagi savoliga qat’iyan “Yo‘q” degan javobni olgan. Ko‘rinishidan, bunga ham hali bor.
Yana bitta “lekin” chiqib qoldi. Barcha avtomobillar uchun naqd pul to‘lash lozim. Mamlakatda plastik kartochkalar tizimi jadallik bilan rivojlanayotgan paytda bu ham tushunarsiz holatligicha qolmoqda. Nima uchun avtomobillar sotib olishda bunday to‘lovning iloji bo‘lmayapti? Nima uchun avtomobillarni sotib olish faqatgina naqd pulga ega bo‘lganlar uchungina mumkin?
Biroq yuqoridagi kamchiliklarga qaramay, ijobiy o‘zgarishlar ham kuzatilmoqda – avvalgidek asabga tegadigan navbatlar yo‘qoldi, avtomobilni televizor yoki muzlatgich kabi qisqa fursat ichida sotib olish mumkin bo‘lmoqda. Yuqorida aytib o‘tilgan nomaqbulchiliklar borasida gapiriladigan bo‘lsa, ular ham kuni kelib barham topadi. Madaniyatli bozor vaqti kelib hammasini o‘z joyiga qo‘yadi", deydi muxbir.


Manba:kun.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 13426 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qancha turadi?, O‘zbekiston, ko‘ra, Mish-mish, avtomobil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Gayrat777 xaa boladi aqli yoqlarga koproq pul sarflaw undan kora chinozga kel axmatboyga keli 5 mln somga nexia olasanku db kallasiga uriwkerakda ularni
Like | 0
BaBy_DiNoOo Xaa
Like | 0
Damir_95_ Bu ketishda yana tushadi
Like | 0
dima02 ha yahshi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное