So‘nggi mish mishlarga qaraganda Ulug‘bek Qodirov jodugar qizni
sevib qolibdi... Ishonmaysizmi? Nailoj, tez kunlarda bunga guvoh bo‘lasiz. Ulug‘bekday
kelishgan va zabardast yigitni boshini aylantirgan o‘sha uddaburon qiz kim ekan
deya o‘zingizga savol berayotgandirsiz? Albatta bu Lolada. Ular yana birgalikda
navbatdagi filmga xamkorlikda birga suratga tushishdi. Ushbu filmning nomi
"Jodugar” deb nomlanadi. Lola ushbu filmda ijobiy ma’nodagi jodugar obrazini talqin
etdi. "Yondiradi kuydiradi” filmida ham Ulug‘bek bilan Lolani birga ko‘rgan tomoshabinlar
ushbu filmda butkul o‘zgacha obrazlarda ko‘rishlari mumkin. Axir ushbu film mistik
drama janrida suratga olindi. "Yondiradi kuydiradi” filmida lolani badavlat xonadonning
erkatoy qizi sifatida ko‘rgandingiz. Bu safar esa Lola tabib qiz obrazida gavdalanadi.
U tabib sifatida xamma insonlarni da’volaydi. Uning noyob qobiliyatidan atrofdagi
insonlar xayratga tushishadi. Ulug‘bek Qodirov esa bemor yigit rolini ijro etdi.
Lola uni nafaqat tabobat bilan balki sof muhabbati bilan ham da’volaydi. Xullas,
yilning eng shov shuvli filmi sifatida e’tirof etilayotgan ushbu filmni tez kunlarda
yurtimiz kinoteatrlarida kutib olamiz. Shuningdek filmda Yayra Abdullayeva, Otabek
Musaev, Tohir Saidovlar ham ishtirok etishgan. Film rejissyori Liza Karali. Filmning
ssenariy muallifi Nodira Mahmudova. Film prodyusseri esa Ruslan Mirzaev. Operator
Umid Malikov. Ushbu filmda Lolani yangi qirralari ochilgan deydi film rejissyori.
"Majrux” xamda "Yondiradi kuydiradi” filmi ijodkorlarining navbatdagi
tuhfasi ham odatdagidek ommabop bo‘lishiga ishonamiz.