O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligida qancha avtomobil bor?
Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 53 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelyapti. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 170 ta televizor va 308 ta mobil telefon to‘g‘ri kelgan.
Bundan tashqari, har 100 ta uy xo‘jaligida o‘rtacha 63 ta kompyuter, 94 ta Kir yuvish mashinasi va 64 ta elektr changyutgich bor.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.