“Navoiy”da mobil telefon va planshetlar ishlab chiqariladi
Xitoy kompaniyasi "Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy
zonasida Puyang Sanshun Commerce Co. Ltd. korxonasi UzHongKong MChJni tashkil
qildi. Korxona "Zamonaviy mobil telefonlar, planshet kompyuterlari, noutbuk va
televizorlar ishlab chiqarishni tashkil qilish” investitsion loyihasini amalga
oshirish maqsadida yaratildi. Bu haqda UzDaily nashri xabar berdi.
UzHongKong MChJ ChEK investitsion loyihaning birinchi
bosqichida 3,8 million AQSh dollari hisobida sarmoya kiritadi. Loyihani
amalga oshirish davomida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek,
yangi ish o‘rinlarini yaratish nazarda tutilgan.