Ispaniyaning shimoli-g‘arbidagi Vilyanuva de Arus shaharchasida noyob uchraydigan o‘lim holati qayd etildi.
3 yoshli qizi bilan ketayotgan ayol o‘z mashinasida maktab avtobusinining orqa tomonini urib yuborgan. To‘qnashuv u qadar ham jiddiy tarzda ro‘y bermagan. 26 yoshli haydovchi ayol va avtobusdagi bir bola yengil jarohat olgan holda, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Lekin…
Lekin ayolning 3 yoshli qizi qo‘lidagi planshet zarbasidan halok bo‘lgan.
Gap shundaki, qizcha onasi tomonidan mashina o‘rindig‘iga mahkam bog‘lab qo‘yilgan hamda uning qo‘liga planshet tutqazib qo‘yilgan edi. Oqibatda mashina avtobusga urilgan paytda planshet qizchaning bosh qismiga urilgan hamda uning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Ko‘pgina jamoatchilik vakillari onani bolaga e’tiborsizlikda ayblamoqda.
Yo‘l patrul xizmati xodimlari esa haydovchilarni mashina sayohatlari davomida farzandariga elektron qurilmalarni bermaslika chaqirmoqda.