Ekstremistik materiallar bilan to‘ldirilgan planshet O‘zbekistonga kiritilmadi
Kompyuter va internet texnologiyalari rivojlanib borayotgan
bugungi kunimizda bu yutuqlardan yoshlarimiz to‘g‘ri foydalanishi o‘ta
muhimdir. O‘zAning yozishicha, Farg‘ona viloyatida bu borada tizimli
ishlar amalga oshirilmoqda. Onda-sonda uchrayotgan noxush holatlar esa zudlik
bilan bartaraf etilib, qaytarilmasligi uchun choralar ko‘rilmoqda.
Ma’naviyat targ‘ibot markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi
rahbari Fayzullo Zohidovning so‘zlariga ko‘ra, viloyatda tegishli litsenziyaga
ega 90 ta internet-kafe bo‘lib, yigirmadan ziyodi Farg‘ona shahrida joylashgan.
Ko‘pchilik yoshlar internetga
tanishuv, tarmoq o‘yinlarini o‘ynash uchun ham kirmoqda.
O‘zA
xabarida ta’kidlanishicha, farg‘onalik 25 yoshli Baxtiyor Ernazarov hali
uylanmagan, vaqtincha ishsiz. U pul topish maqsadida xorijga borib, u yerda
netbuk sotib olgan. O‘sha yerda internetdan diniy-ekstremistik mazmundagi
adabiyotlarni ko‘chirib olib, muntazam ravishda tinglab kelgan. Baxtiyorning
plansheti va uyali telefoni ham shunday materiallarga to‘la edi. Huquqni
muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bu yot g‘oyalarning yurtimizga kirishiga
yo‘l qo‘yishmadi.
Viloyat
ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining asab kasalliklari bo‘limi mudiri Asliddin
Polvonovning ta’kidlashicha, zo‘ravonlik va fahsh aks etgan kompyuter o‘yinlari
ham yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.