Andijonda telefon, kompyuter, planshet, tilla buyumlar o‘margan ayollar ushlandi
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida fuqaroning shaxsiy mulklarini o‘g‘irlagan ayollar qo‘lga tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Ulug‘nor tumanida yashovchi fuqaro D.Sh. IIBga ariza bilan murojaat qilib, 28-dekabr kuni yashash xonadonidan LG telefoni, Lenovo noutbuki, Samsung Galaxy A7 Lite plansheti va 5 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan. D.Sh. noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gadjetlarni o‘g‘irlagan shaxslar Namangan viloyatida yashovchi, muqaddam sudlangan ayollar — Y.U. (1999-yilda tug‘ilgan) va N.S. (2003-yilda tug‘ilgan) ekani aniqlangan. Ulardan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.
Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.