Dasturchilar sichqonchaga butun bir kompyuterni sig‘dirdi
Dasturchilar g‘ayritabiiy gibrid — bir vaqtning o‘zida tizim bloki hisoblanadigan kompyuter-sichqonchani namoyish etdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Daily Mail yozishicha, Mouse Box qurilmasini polshalik Pshemislav Strjelchik va uning jamoasi ishlab chiqqan. Qurilma kompyuter-sichqoncha bo‘lib, unda to‘rt yadroli 1,4 GGs kuchiga ega Cortex ARM-protsessori (Samsung Galaxy Note 10 planshetidagiga o‘xshash), Wi-Fi moduli va 128 Gb ichki xotira bor.
Mouse Box qurilmasi HDMI kabeli orqali monitorga ulanadi va bu qurilma induktiv tarzda sichqoncha uchun maxsus gilamchadan quvvat oladi. Shu tariqa, qurilma quvvat yo‘qotmaydi. Sichqoncha, shu bilan birga, giroskop va akselerometr bilan jihozlangan.
Mouse Box loyihasi startap bo‘lib, ayni paytda uning dasturchilari qurilmani bozorga olib chiqish uchun investor qidirmoqda.