Rossiyalik dasturchining boshi boshqa tanaga ko‘chiriladi
Rossiyaning Vladimir shahrida istiqomat qiladigan dasturchi Valeriy Spiridonov boshining boshqa tanaga ko‘chirilishiga rozi bo‘ldi.
30 yoshli dasturchi yon mushaklar atrofiyasi kasalligiga chalingan; bu xastalik oqibatida uning mushak hujayralari sekin-asta harakatdan qolib bormoqda. Italiyalik shifokor Serjo Kanavero uni tajriba tarzida yangi usulda davolab ko‘rmoqchi. Bemorning boshi yangi tanaga ko‘chiriladi.
The Daily Mail gazetasida yozilishicha, Kanavero bu usulning aynan mana shunday xastalikka chalinganlar uchun ishlab chiqilayotganini e’tirof etgan.