Shahzoda Muhamedova liboslari “milliylikka zid emasligi”ni ma’lum qildi
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Shahzoda Muhamedovaning o‘ta zamonaviy libosdagi suratlari tanqid qilinmoqda. “7×7” gazetasining yozishicha, bu tanqidlarga nisbatan aktrisaning “parvoyi falak”.
“Men aktrisa va dizaynerman. Yaratgan liboslarim ham milliyligimizga zid emas”, — dedi aktrisa o‘zining ba’zi muxlislaridan norozi bo‘lib.
Xabar berishlaricha, aktrisa shu kunlarda “Notanish qotil” nomli detektiv janrida suratga olinayotgan filmda bosh rollardan birini ijro etmoqda.