Hindistonda yuz qismi filnikiga o‘xshash qizaloq dunyoga keldi
Shu yilning 26 mart kuni Hindistonning Aligarx qishlog‘ida yuz qismi filnikiga o‘xshash qizaloq dunyoga keldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qizaloqni ko‘rish uchun mamlakatning turli chekkalaridan qo‘llarida turli sovg‘a-salomlar bilan odamlar kelishayapti. Qizaloq oiladagi to‘rtinchi farzand. Uning otasi bir kunda 250 rupiy (5,17 AQSh dollari) miqdoridagi mablag‘ni ishlab topadi. U qizining bu ko‘rinishda tug‘ilishi bejiz emas, deya bu unga oilani ta’minlashga yordam berishiga ishonmoqda.
Olimlarning fikrlariga ko‘ra esa, bu genetik mutatsiya oqibatida sodir bo‘lgan holat. Bunday genetik mutatsiya odatda insonning to‘yib ovqatlanmasligidan ham kelib chiqishi mumkin ekan.