Peterburgda 5 yoshli qizaloqni zo‘rlagan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
Peterburgda o‘zbekistonlik muhojir zo‘ravonlikda ayblanib qo‘lga olindi.
“BaltInfo” agentligining ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga tayangan holda ma’lumot berishicha, uning ustidan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol shikoyat qilgan, u bilan birga yashaydigan 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak 2014 yilning 30 oktyabridan 17 mayiga qadar ayolning 5 yoshli qizini zo‘rlab kelganini aytgan.
Gumondor shaxs qo‘lga olinib, voyaga yetmagan shaxsni zo‘rlash aybi bilan hibs qilingan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.