AQShda 5 yoshli aka 4 yoshli singlisini otib qo‘ydi
AQShning Pensilvaniya shtatidagi Filadelfiya shahrida 4 yoshli qizcha 5 yoshli akasining o‘tochar quroldan o‘limga olib boruvchi jarohat yetkazishi tufayli halok bo‘ldi. Associated Press xabariga ko‘ra, o‘q qizchaning yuziga otilgan.
Mahalliy polisiya ma’lumotiga ko‘ra, voqea shahar shimolidagi Kensington tumanida, mahalliy vaqt bilan 2.30da ro‘y bergan.
Polisiya serjanti Erik Grippning aytishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari bu voqea vaqtida uyda kimlar bo‘lganini aniqlashga urinmoqda. Bu fojiag sabab bo‘lgan to‘pponcha bolalarning onasiga tanish bo‘lgan kimsaga tegishli bo‘lgan.
Ayni vaqtda qurol egasi qidirilmoqda. Qurol polisiyachilar tomonidan musodara qilingan.