Buxoro viloyatida yashovchi U.T. birga yashagan 5 yoshli qizbola nabirasining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Shu yilning 23 noyabr kuni soat 22:30 larda U.T. mast holda, nabirasini suv o‘ynab, ustini xo‘l qilganligi sababli uning tanasini turli joylariga qo‘li bilan urgan vaqtida qizaloq boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan.
Natijada 5 yoshli qizaloq shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etgan. U.T. qo‘lga olindi.