Buxoroda er rashk oqibatida turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi
Buxoro viloyatining Vobkent tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Xabarda qayd etilishicha, 21 mart kuni soat 02.10 larda Vobkent tumani Rabotioxun MFY Beruniy ko‘chasi 1/10-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1986 yilda tug‘ilgan S.Barraev uyida rashk oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i,1989 yilda tug‘ilgan G.Ibodovaning tanasini turli joylariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada G.Ibodova voqea joyida vafot etgan, S.Barraev esa qo‘lga olingan.