Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 59 yoshli shaxs o‘z uyida turmush o‘rtog‘ini pichoqladi. Natijada ayol vafot etdi.
2018 yilning 22 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 59 yoshli A.Z. uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i 52 yoshli M.Z. ismli ayolning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada M.Z. kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, A.Z. ushlangan.