Buxoroda mast holdagi fuqaro o‘z onasini pichoqlab qo‘ydi
10 iyun kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida o‘g‘il o‘z onasini pichoqlab, jarohat yetkazdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yashovchi 32 yoshli Sh.R. mast holda uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi 65 yoshli onasi G.N.ning chap ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada G.N. kasalxonaga yotqizilgan. Sh.R. ushlangan.