Buxoroda er xotinini bolta bilan urdi, keyin o‘zini pichoqladi
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 1 may kuni F.Jumaev uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, D.Toshpo‘latovaning boshiga bolta bilan urib jarohat yetkazib so‘ng, o‘zining ko‘krak va chap qo‘l bilak qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada F.Jumaev va D.Toshpo‘latovalar kasalxonaga yotqizilganlar, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.