Peterburgda o‘zbek o‘zbekni zo‘rlab, tashlab ketdi
Peterburg yonidagi shaharchalardan biriga aylangani chiqqan o‘zbekistonlik erkak o‘z vatandoshini tajovuzkorona zo‘rlagan, so‘ng mashinadan itarib tashlab ketgan.
Janubiy Kronshtad yo‘lida yalang‘och yotgan qizni bir avtomobil haydovchisi payqab qolib, unga yordam ko‘rsatish uchun to‘xtagan va politsiya xodimlariga xabar bergan.
35 yoshli o‘zbekistonlik ayol politsiya xodimlariga barcha tafsilotlarni aytib bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining vatandoshi bilan “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida tanishib, gaplashib yurgan. Ozodbek ismli erkak uni uchrashuvga taklif etgan. Keyin tajovuz qilib, mashinadan uloqtirib yuborgan.
Hozirda ayolning sog‘ligi yaxshi, uni mahalliy shifoxonaga yetkazishgan.