AQSh hamda ittifoqchilarining Afg‘oniston hududidan o‘z qurolli kuchlarini olib chiqib ketishi jahon hamjamiyatida AQSh bu mintaqaga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotdi degan tasavvur uyg‘otdi. Ammo bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Markaziy Osiyo mintaqasi AQSh uchun hanuzgacha muhimligicha qolmoqda.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 2015 yil 31 martida Vashingtondagi Bruking institutida AQShning Markaziy Osiyodagi uzoq muddatli istiqbollari mavzusida so‘zlagan ma’ruzasida buni ta’kidlab o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, o‘tgan asrning 90-yillaridan buyon bir qadar o‘zgargan, ammo, shunga qaramay, AQSh mintaqada hamkorlik aloqalarni mustahkamlash yo‘lida davom etadi.
Blinken AQSh birinchilar qatorida mintaqa davlatlari mustaqilligini tan olganini, ularning mustaqilligini mustahkamlashga baholi qudrat yordam berganini eslatib o‘tdi.