Los-Anjelesda maktab o‘quvchisini qaychi bilan so‘yib ketishdi
AQShning Los-Anjeles shahri sharqida 15 yoshli o‘quvchi qaychi bilan so‘yib ketildi, deb xabar bermoqda “RBK”. Qotillik maktab binosidan tashqarida sodir etilgan.
Qurbonning ism-sharifi hozircha ma’lum qilinmagan. O‘quvchi tibbiyot markaziga olib borilgach, uning o‘limi qayd etilgan. Qotillik maktab darslari tugaganidan biroz vaqt o‘tib sodir etilgan.
Hujum oqibatida yana bir kishi jarohat olgan. Hozircha hujum qilgan kishining ko‘rinishi haqida ma’lumot yo‘q. Politsiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda va ushbu hodisa yuzasidan ma’lumot berishga chaqirmoqda.