Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Jiddiy ogohlantirish: AQSH fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi

AQSH Davlat departamenti Ukrainadagi vatandoshlarini Rossiya qo‘shinlari tomonidan fuqarolik infratuzilmasini o‘qqa tutish tahdidi tufayli bu mamlakatni tark etishga chaqirdi. Bu haqda bugun, 23 avgust kuni AQSHning Ukrainadagi elchixonasi ma’lum qildi.

"Davlat departamenti Rossiya yaqin kunlarda Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasi va davlat ob’ektlariga zarba berish harakatlarini kuchaytirayotgani haqida ma’lumotga ega. Rossiyaning Ukrainadagi zarbalari tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga doimiy tahdid solmoqda. AQSH elchixonasi AQSH fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqiradiʼʼ, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, elchixona AQSH fuqarolariga agar iloji bo‘lsa shaxsiy quruqlik transportidan foydalangan holda Ukrainani tark etishlarini masalahat bergan.

“Ukraina bo‘ylab xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat juda beqaror va ogohlantirishsiz yomonlashishi mumkin. AQSH fuqarolari hushyor turishlari va xavfsizlik bo‘yicha xabardorligini oshirish uchun tegishli choralarni ko‘rishlari kerak”, deyiladi elchixona bayonotida.

 Bundan tashqari, elchixona hujum sodir bo‘lgan taqdirda bir qator tavsiyalarni e’lon qilgan:

•  agar kuchli portlash yoki sirenalar o‘chganini eshitsangiz, darhol pana joy qidiring;

•  barcha eshiklarni yoping, deraza va teshiklardan uzoqroqda, ichki devor yaqinida o‘tiring;

•  agar siz ochiq havoda bo‘lsangiz, darhol mustahkam boshpana izlang, buning iloji bo‘lmasa, yotib, boshingizni qo‘llaringiz bilan yoping;

•  e’tibor bering, qiruvchi raketa yoki dron ushlangan taqdirda ham, qulab tushgan qoldiqlar katta xavf tug‘diradi;

•  hujumdan so‘ng, har qanday vayronalardan uzoqroq turing va yirik axborot vositalarining rasmiy ko‘rsatmalariga amal qiling.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1130 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ogohlantirish, jiddiy, chaqirdi, tark, AQSH, Ukraina, fuqarolarini, etishga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное