Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Kiyevdagi O‘zbekiston elchixonasi fuqarolarni Ukrainani tark etishga chaqirdi
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi ziddiyat o‘z iziga tushguniga qadar, Ukrainaga sayohat qilishdan voz kechishga hamda mamlakatni tark etishga chaqirdi.

“Ukraina shaharlariga raketa hujumlarining kuchayishi ortidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Ukrainaga kelish va ushbu davlatda bo‘lish yuzasidan qilgan murojaatlariga javoban, elchixona yana bir bor vatandoshlarimizni, ziddiyat o‘z iziga tushguniga qadar, Ukrainaga sayohat qilishdan cheklanishga chaqiradi.

Bundan tashqari, frontdagi vaziyatning keskinlashuvi hamda butun Ukraina bo‘ylab raketa va artilleriya zarbalarining davom etishi ehtimoli yuqoriligidan kelib chiqib, vatandoshlarimizdan shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu mamlakatni tark etishlarini so‘raymiz”, deyiladi elchixona bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya bugun, 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi. 

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida 14 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rgan. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi. 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 740 | Рейтинг: 0| Рейтинг: fuqarolarni, Kiyevdagi, elchixonasi, etishga, Ukraina, chaqirdi, O‘zbekiston, tark
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное