Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Dahshatli raqam. Shoygu Ukrainaning qancha askari yo‘q qilinganini ochiqladi
Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” davomida deyarli 100 ming kishini yo‘qotdi va yarador bo‘ldi. Bu haqda bugun, 21 sentyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari, armiya generali Sergey Shoygu “Rossiya-24” telekanali efirida ma’lum qildi. 

“Biz dastlabki bosqichda Ukraina Qurolli Kuchlari 201-202 ming kishini tashkil etganini tushunamiz. Bu vaqt ichida ularda 100 mingdan ortiq yo‘qotishlar bo‘ldi. Shu bilan birga, 61207 kishi halok bo‘ldi, 49368 kishi jarohat oldi. Va bu juda katta yo‘qotishlar, agar biz 200 000 dan ortiq armiya va 100 ming yo‘qotish haqida gapiradigan bo‘lsak – bu yo‘qotilgan armiyaning yarmi”, deydi Shoygu. 

Rossiya generalining aytishicha, shu sababli Ukrainaga safarbarlikning to‘rtinchi to‘lqini allaqachon boshlangan. 

“Deyarli 300 000 kishi safarbar qilindi”, deb qo‘shimcha qildi vazir.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 21 sentyabr kuni Rossiyada qisman harbiy safarlik e’lon qilindi. Muddatli harbiy xizmatga faqat hozirda rezervda bo‘lgan va birinchi navbatda Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, muayyan harbiy mutaxassislik va tegishli tajribaga ega bo‘lgan fuqarolargina chaqiriladi. Harbiy xizmatga chaqirilganlar bo‘linmalarga yuborilgunga qadar maxsus harbiy operatsiya tajribasini hisobga olgan holda qo‘shimcha harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar.

Rossiya qisman harbiy safarbarlik doirasida Ukrainaga qarshi urush uchun 300 ming kishini armiyaga jalb qiladi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3113 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yo‘q, Shoygu, qancha, askari, Dahshatli raqam, ochiqladi, qilinganini, Ukraina
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное