AQShning Vashington shtati Sietl shahrida dafn etishning yangi ekologik toza usuli taklif etildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Unga ko‘ra, minora qurilib, u yerda murdalar kompost (organik o‘g‘it)ga aylantiriladi.
Urban Death Project loyihasiga muvofiq, marhumlarning tanalari minoraning yuqori qavatiga joylanadi. Olti haftadan so‘ng marhumning qarindoshlari hosil bo‘lgan moddaning bir qismini olib ketib, uni oilaviy bog‘ga o‘g‘it sifatida sepishi mumkin bo‘ladi.
Shu tariqa olingan o‘g‘itlarning katta qismi milliy bog‘larga berilib boradi. Loyihani amalga oshirish uchun mablag‘ to‘plash Kickstarter saytida boshlanadi.