Amerikalik ayol 100 yoshini parashyut bilan sakrash orqali nishonladi
AQShning Nyu-York shahrida yashovchi Eleanor Kanningem 100 yoshini o‘z tengdoshlari uchun noodatiy usulda — parashyut bilan sakrash orqali nishonladi, deya xabar bermoqda Vesti.ru.
Kanningem xonimning shaxsiy vrachi uning sog‘lig‘ini ijobiy baholagach, u 2,7 kilometr balandlikdan parashyut bilan sakradi. Jasur ayolning suratlarini amerikalik jurnalist o‘z Twitter’iga joyladi.
Ayolning aytishicha, u 90 yoshida ilk bora parashyut bilan sakragan, shundan buyon har besh yilda “osmonni zabt etish”ga qaror qilgan. 105 yoshga kirganida to‘rtinchi bor sakrashni amalga oshirmoqchi.