Aleppo aholisi shaharning terrorchilardan ozod bo`lganligini nishonlamoqda
Yomg`ir yog`ib, sovuq shamol esayotganiga qaramay, Suriyaning Aleppo shahri aholisi shaharning ozod bo`lganligini quvonch bilan nishonlamoqda, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Bu kunni Aleppo aholisi 5 yil intizorlik bilan kutgani sababli, shaharning terrorchilardan ozod etilgani haqidagi xabar bilan bir-birini qutlamoqda.
Payshanba kuni kechqurun Suriya harbiy kuchlari “shimoliy poytaxt” jangarilardan batamom ozod etilganligini rasman e`lon qildi. Bu g`alaba strategik ahamiyatga ega bo`lib, hukumat qo`shinlari 2011 yildan beri radikal guruhlar bilan jang olib bordi.
Endi Aleppo shahri aholisiga hech kim va hech narsa xavf solmaydi. Shahar ko`chalari bayramona chiroqlar bilan bezatilib, hammayoqda musiqa sadolari yangramoqda. Olomon ko`zda yosh bilan bir-birini quchoqlab, tabriklamoqda.