Turkiya sharqida terrorchilar gaz quvurini porlatib yuborishdi
28 iyulda Turkiyaning Ag‘ri viloyatida terrorchilar gaz quvurini portlatib yubordilar, deb xabar bermoqda Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vazirligiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.
Terakt Turkiyaning Eron chegarasidan 15 km uzoqlikda sodir etildi. Portlash joyida yong‘in chiqqan.
Ayni paytda yong‘in bartaraf qilindi. Quvurga gaz uzatilishi to‘xtatib qo‘yildi.