UMS raqam tanlash hizmatini 11.04.2015 gacha Uzaytirdi
UMS kompaniyasi 2015-yilning 10-fevralidan 10-martigacha bo‘lgan davrda navbatdan tashqaridagi har qanday raqamni bepul tanlash imkoniyati taqdim etilishi haqida avval e’lon qilgan edik. Rejaga ko'ra bu hizmat bugun tugashi kerak edi, ammo UMS yangi abonentlarning ko'pligi va ularning talablarini inobatga olgan holda ushbu hizmatni 2015-yilning 11-apreliga qadar uzaytirdi.
“UMS xizmat ko‘rsatish markazlaridan biriga tashrif buyurib, o‘zingizga yoqqan har qanday raqamni tanlang va UMS tarmog‘iga ulaning”, — deyiladi kompaniya xabarida. Ta’kidlanishicha, ushbu imkoniyat alohida turdagi raqamlar (platina, super oltin, oltin, kumush, bronza)ga tegishli emas.