Toshkentda telefonlar MTS aloqa tarmog‘ini ko‘ra boshladi
Toshkent shahrida mobil telefonlar MTS aloqa tarmog‘ini ko‘ra boshladi. Mobil qurilmalardagi tarmoqlar qidiruvi “UZB Ucell”, “UZB MTS” va “Beeline UZ” aloqa tarmoqlarini topmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31 iyul kuni O‘zbekiston hukumati Rossiyaning «MTS» telekommunikatsiya operatori bilan murosa bitimini imzoladi.
Shuningdek, 15 avgustgacha O‘zbekiston hukumati “MTS” kompaniyasi bilan ochiladigan Universal Mobile System qo‘shma korxonasini tuzish ishlarini yakunlash rejalashtirish, yangi operator 25 sentyabrgacha ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda UMS 1 noyabrga texnik, 1 dekabrga tijoriy ekspluatatsiyani amalga oshirish belgilangandi.
19 sentabr esa tarkibiga “MTS” kirishi rejalashtirayotgan “Universal Mobile System” aloqa operatorining raqamlar hajmi faoliyatining birinchi bosqichida 2,5 milliontani tashkil qilishi haqida xabar berilgan.